Tramp HAMAS a’zolarini yo‘q qilish bilan tahdid qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida garovda ushlab turgan barcha odamlarni zudlik bilan ozod qilishini va halok bo‘lganlarning jasadlarini topshirishini talab qildi, aks holda harakat a’zolarini yo‘q qilishini aytdi. Prezident bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, HAMAS harakati garovga olinganlarning va o‘ldirilgan odamlarning jasadini darhol qaytarishi kerak, aks holda harakat uchun barchasi tugaydi.

“Shalom HAMAS” – bu “Salom va xayr” degani. Garovga olinganlarning barchasini hoziroq ozod qiling va o‘ldirganlaringizning jasadlarini darhol qaytaring, yoki siz uchun hammasi tugaydi. Men Isroilga ishni yakunlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsani yo‘llayapman va agar siz aytganimni bajarmasangiz, HAMASning biror a’zosi ham tirik qolmaydi”, deydi AQSH Prezidenti.

Shuningdek, u so‘zini davom ettirar ekan, G‘azo aholisini quyidagi so‘zlar bilan ogohlantirgan:

“Sizni go‘zal kelajak kutmoqda, ammo bu faqat garovga olinganlarni ozod qilsangiz sodir bo‘ladi. Agar shunday qilmasangiz, siz o‘lasiz! Aqlli qaror qabul qiling. Garovga olinganlarni hoziroq ozod qiling, aks holda keyinchalik og‘ir oqibatlarga duch kelasiz!”.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati HAMAS harakati bilan amerikalik garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida kengroq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati bo‘yicha shaxsiy to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Dohada Trampning garovga olish ishlari bo‘yicha maxsus vakili Adam Beyler va HAMAS vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing