AQSH HAMAS bilan muzokara olib bormoqda – “Axios”

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati HAMAS harakati bilan amerikalik garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida kengroq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati bo‘yicha shaxsiy to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda manbalarga tayanib,  “Axios” portali xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Dohada Trampning garovga olish ishlari bo‘yicha maxsus vakili Adam Beyler va HAMAS vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilishicha, AQSH 1997 yilda Vashington terrorchi deb tan olgan HAMAS harakati bilan avval hech qachon muzokaralar olib bormagan. AQSH ma’muriyatining sa’y-harakatlari G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish hamda Falastin harakati va Isroil o‘rtasida uzoq muddatli sulhga erishishga qaratilgan. Biroq AQSH va HAMAS hozircha hech qanday kelishuvga erishmagan.

“Axios” manbalariga ko‘ra, AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff shu hafta Dohada Qatar Bosh vaziri bilan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishi rejalashtirilgan edi. Biroq safar kecha, 4 mart kuni kechqurun HAMAS bilan muzokaralarda muvaffaqiyat qozonmagani uchun bekor qilingan .

Yanvar oyi o‘rtalarida Isroil va HAMAS Misr, Qatar va AQSH vositachiligida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga kelishib oldi va bu kelishuv 19 yanvardan kuchga kirdi. Kelishuvni amalga oshirishning birinchi bosqichi 1 mart kuni yakunlandi.

Kelishuvning birinchi bosqichida barcha isroillik garovga olinganlar va halok bo‘lganlarning jasadlari o‘z vatanlariga qaytarildi.

Buning evaziga Isroil 1500 dan ortiq falastinlikni qamoqdan ozod qildi, ularning bir qismi Falastin hududidan chiqarib yuborildi.

2 mart kuni Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishini to‘sib qo‘ydi va buni HAMASning anklavda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha Uitkoff rejasini qabul qilishdan bosh tortgani bilan izohladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh muzokara HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing