Trampga zahar solingan xat yuborildi

Olam

image

AQSH huquq-tartibot organlari xodimlari shu haftada mamlaka Prezidenti Donald Trampga yuborilgan xatni qo‘lga kiritdi. Unda ritsin – kanakunjut urug‘idan olinadigan zahar borligi aniqlangan. Bu haqda CNN ichki ishlar organlaridagi ikki manbasiga tayanib xabar berdi.

Telekanalning eslatishicha, Oq uyga jo‘natilgan barcha yozishmalar avval undan tashqarida dastlabki tekshiruvdan o‘tadi. Ayni vaqtda Federal tergov byurosi va AQSH Maxfiy xizmati surishtiruv ishlari bilan shug‘ullanyapti. Xat Kanadadan yuborilgan, uni jo‘natgan shaxs hali qo‘lga olinmagan.

“Federal tergov byurosi AQSH Maxfiy xizmati va Pochta xizmatidagi hamkorlari bilan Amerika Hukumati pochta qutisida aniqlangan shubhali xatni o‘rganyapti. Ayni vaqtda jamoatchilik xavfsizligi tahdid borligini haqida ma’lum yo‘q”, deyiladi qisqa xabarda.

Ritsin o‘simlikdan olinadigan oqsilli zahar hisoblanadi. Agar uni yutib yuborsa, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ichki qon ketishi, a’zolarni ishlashdan to‘xtatishi va o‘limga olib kelishi mumkin. Ritsinning ziddizahari yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

630

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing