Traktorchi-mashinist guvohnomasining yangi namunalari ishlanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

•    2019 yil 1 dekabrdan Toshkent shahrida, 2020 yil 1 martdan butun respublikada traktorchi-mashinist guvohnomasining, texnik pasport va texnik guvohnomaning (guvohnomalar) yangi namunalari beriladi;
•    2020 yil 1 mart – 2020 yil 31 dekabrda eski namunadagi guvohnomalar egalarining arizasiga ko‘ra, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, oldi-sotdi, ro‘yxatdan o‘tkazish va chiqarish davrida almashtiriladi;
•    2021 yil 1 yanvar – 2022 yil 31 dekabrda eski namunadagi guvohnomalar majburiy almashtiriladi;
•    eski namunadagi guvohnomalar 2023 yil 1 yanvardan haqiqiy emas deb hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing