Traktor tirkamasiga osilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Namangan viloyatida 9 yoshli bola traktor tirkamasiga osilgan va yiqilib tushib vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Hodisa soat 22:30 larda Yangiyer-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 3 kmda, “Farg‘ona” MFY Parvoz ko‘chasida yuz bergan. Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan MTZ-80 rusumli traktorini tirkama ulagan holda harakatlanib ketayotgan vaqtida, Uchqo‘rg‘on tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, tumandagi maktabning 3-sinfida o‘qigan, 2011 yilda tug‘ilgan fuqaro traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilib tushgan. Natijada, fuqaro bosh va jag‘ qismidan tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing