Tojikistonlik ayol 6 nafar egizakni dunyoga keltirdi (video)

Olam

image

Kecha, 11 yanvar kuni Tojikistonda ayol birdaniga 6 ta egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahridagi tug‘ruqxonada 6 ta egizak – ikki o‘g‘il va 4 qiz tug‘ildi.

“Farzandlar va ularning onasi Muborak Sohibovaning sog‘lig‘i barqaror, har bir bolaning vazni 600-700 grammni tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu Tojikistonda 6 ta egizak tug‘ilishi bilan bog‘liq birinchi holat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 3 nafar egizak qiz farzand dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston egizaklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing