Tojikistondan keltirilgan 5 kg narkotik modda musodara qilindi 

3-sahifa

image

Navoiyda viloyatida Tojikistondan keltirilgan qariyb 5 kg narkotik modda musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Navoiy viloyati Karmana tumanida Spark mashinasi to‘xtatilib tekshirilganida, 1999 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.B.ning yonida 992 gr “gashish” moddasi borligi aniqlangan. Modda protsessual tartibda rasmiylashtirilib, olib qo‘yilgan.

Surishtiruv olib borilganda ushbu narkotik moddani A.B. Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi muqaddam sudlangan T.M.dan sotib olgani ma’lum bo‘lib, u ham qo‘lga olingan.

O‘z navbatida, ushbu narkosavdogar “gashish”ni Samarqand shahrida yashovchi fuqarolardan xarid qilgani aniqlangan.  

Tezkor-qidiruv tadbirida muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ayol X.X. va uning turmush o‘rtog‘i X.F. 2 kg 966 gr “gashish” moddasini 21 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi. 

Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro X.M. ham 954 gr “opiy” moddasini Samarqand shahrida sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tekshiruvlar davomida ushbu giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing