Tojikistondagi zilzila yana Surxondaryoda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, yer silkinishi, bugun, 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:13 da Tojikistonda sodir bo‘lgan. 

Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 68,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 25 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 400 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 33 km.
  • Uzun tumanida 2 ball, 45 km.
  • Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 52 km.
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 59 km.
  • Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 67 km.
  • Denov tumanida 2 ball, 69 km.
  • Bandixon tumanida 2 ball, 71 km.

Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing