Tojikistondagi shifoxonalarda COVID-19 ga chalingan bemorlar qolmadi – SSV

Olam

image

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Jamoliddin Abdullozoda mamlakatdagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlar qolmaganini e’lon qildi. Bu haqda “Asia plus” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilning 31 dekabr va yangi yilning 1 yanvar kunlari Tojikistonda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

SSV ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonda 30 apreldan 31 dekabrgacha koronavirusga chalinganlar 13 296 nafarga yetgan. Ulardan 97 foizi yoki 12 894 nafari sog‘aygan. Shu vaqt davomida 90 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan.

Vazir 1 yanvar holatiga 312 nafar bemor uy sharoitida koronavirusning yengil shaklidan davolanishda davom etayotganini ma’uml qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqealarning bunday optimistik ssenariy bo‘yicha ketishi uchun pandemiyani boshqarishga erishish kerak. 

“Archa va korporativ tadbirlar bekor qilindi, jamoat transportlari, muntazam aviaqatnovlar to‘xtatildi. Ta’lim va madaniyat muassasalarida ehtiyot choralari kuchaytirildi”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.

Shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab hukumat ishchi guruhlari aholini shaxsiy va jamoat gigiyenasiga amal qilishga chaqirib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston koronavirus

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing