Tojikistonda yuz bergan zilzila Surxondaryoda sezildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 13 noyabr kuni Tojikistonda 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 08:34 da Tojikistonda zilzila yuz berdi. Zilzila koordinatalari 38,65 gradus shimoliy kenglik, 68,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 4,5. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 293 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Uzun tumanida 2 ball, 77 km.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 noyabr kuni ham O‘zbekiston hududida yer silkinishi yuz bergandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing