Tojikistonda Yangi yil bilan bog‘liq hech qanday tadbirlar o‘tkazilmaydi

Olam

image

Tojikistonda koronavirus pandemiyasi tufayli Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi. 

Xabarga ko‘ra, Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi bu borada tegishli qaror qabul qilgan. 

Ushbu qarorga muvofiq, mamlakat poytaxti Dushanbe shahridagi madaniyat bog‘larida Yangi yil archalari o‘rnatilmaydi.

Qayd etilishicha, bayram kunlari aholi bog‘lar va madaniy istirohat maskanlariga himoya niqobi taqqan va ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda chiqishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Tojikistonda Yangi yil bayrami odatda keng tarzda nishonlanadi. Yangi yil arafasida mamlakatdagi barcha maydon va bog‘larda Yangi yil archalari o‘rnatilib, bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 ming 731 kishiga yetgan. 86 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. 11 ming 105 kishi kasallikdan tuzalgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS TOJIKISTON YaNGI YIL

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing