Tojikistonda o‘zbekistonliklar YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
04 iyul
7645Tojikistonda Nexia va KamAZ yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil mashina haydovchisi va ikki yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 2 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da Dushanbe-Varzob-Xo‘jand avtomobil yo‘lining 50-kilometrida sodir bo‘lgan. Xo‘jand shahridan Dushanbe shahri tomon harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomobil KamAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida yengil avtomashinaning haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi (ikki erkak va bir ayol) voqea joyida halok bo‘lgan.
“Avtomashina haydovchisi 1964 yilda tug‘ilgan bo‘lib, yashash joyi O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyatida bo‘lgan B.N. ekanligi aniqlangan. Boshqa qurbonlarning shaxsi aniqlanmoqda. Shu kuni qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lumot yuborildi”, deyiladi xabar so‘ngida.