Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning 2 viloyatida sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyun kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona va Surxondaryo viloyatining bir qancha tumanlarida sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 09:58 da Tojikistonda qayd etilgan. Zilzila 5,1 magnitudali bo‘lib, uning o‘chog‘i 139 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila koordinatlari 37,35 gradus shimoliy kenglik, 71,52 gradus sharqiy uzunlikka ega. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 478 km janubiy-sharqda bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • So‘x tumanida – 2 ball, 301 km.
  • Uzun tumanida – 2 ball, 307 km.
  • Farg‘ona tumanida – 2 ball, 328 km.
  • Quvasoy shahrida – 2 ball, 329 km.
  • Sho‘rchi tumanida – 2 ball, 329 km.
  • Rishton tumanida – 2 ball, 336 km.
  • O‘zbekiston tumanida – 2 ball, 337 km.
  • Farg‘ona shahrida –2 ball, 338 km.
  • Denov tumanida – 2 ball, 342 km.

Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing