Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
09 yanvar 7482 1 daqiqa
Tojikiston Respublikasida sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bugun, 9 yanvar kuni soat 02:14 da Tojikiston hududida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 477 km janubi-sharqda joylashgan. Magnituda: 5,3. Chuqurligi: 139 km. Epitsentr: Tog‘li Badaxshon, Tojikiston. Koordinatalari: 38,39 daraja shimoliy kenglik, 73,37 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 260 km.
- Andijon viloyatida 2 ball, 285 km.
- Namangan viloyatida 2 ball, 325 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezilgandi.
Live
Barchasi