Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida mojaro chiqdi

Olam

image

Bugun, 25 oktyabr kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida mojaro yuz berdi. Chegarachilar qirg‘iz tomonidan qurol ishlatishgani haqida da’vo qilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar bo‘lmagan. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) Chegara boshqarmasi matbuot markazi xabar bermoqda.

"2020 yilning 25 oktyabr kuni soat 15:30 da (Toshkent vaqti bilan 15:30) qishloq ichida joylashgan Isfara viloyati (Tojikistonning So‘g‘d viloyati) Xo‘jay-A’lo qishlog‘i aholisi eskirgan quvurlarni almashtirmoqchi bo‘lgan", deyiladi xabarda

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytda 25-30 qurollangan qirg‘iz chegarachilari qishloqqa yaqinlashib, ishni to‘xtatishni talab qilgan. Ular hududning ushbu qismi bahsli, deb ta’kidlashgan. Bayonotda qayd etilishicha, mahalliy aholi qirg‘iz chegarachilarining o‘qqa tutilishidan aziyat chekmagan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ushbu hodisani Qirg‘iziston chegarachilarining "ikki davlat chegarasidagi vaziyatni murakkablashtirishga" qaratilgan navbatdagi provokatsiyasi deb atadi. Shuningdek, mojaro sodir bo‘lgan joyda ish to‘xtatilganligi, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari ikki mamlakat mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirokida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston

Baholaganlar

983

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing