Tojikiston o‘zbekistonliklarning mamlakatda bo‘lish shartlarini soddalashtirmoqchi
Jamiyat
−
08 iyun 2021
6763O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari Ikki davlat fuqarolarining o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi 2018 yil 9 mart kuni tasdiqlangan kelishuvga o‘zgartirish kiritishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Asia plus” xabar berdi.
Tojikiston Adliya vazirligining huquqiy axborot portalida e’lon qilingan ushbu bitim protokoli loyihasida ikki mamlakat fuqarolari davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan boshlab 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrifi chog‘ida fuqarolarning o‘zaro sayohatlari to‘g‘risidagi kelishuvga tuzatishlar keritilishi kutilmoqda.
Hozirda O‘zbekistonga kelgan Tojikiston fuqarolari uch ish kuni ichida mahalliy ichki ishlar organlarida hisobga turishi lozim. Agar Tojikiston fuqarosining O‘zbekistonda qarindoshlari bo‘lsa, u 5 dollar miqdorida davlat boji to‘lab, qarindoshining yashash manzilida ro‘yxatga turishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekistonga sayyoh sifatida kelgan tojikistonliklar 5 dollar davlat boji to‘lab, o‘zi yashayotgan mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15