Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini to‘xtatgan

Olam

image

Bugungi kunda Tojikiston faqatgina Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beryapti. Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Jumanining aytishicha, mamlakat O‘zbekiston va Qirg‘izistonga elektr yetkazib berishni to‘xtatgan.

"O‘tgan yili mamlakatning barcha daryolarida suv oqimining kamayishi munosabati bilan hukumat mamlakat aholisini kuz va qishda elektr energiyasi bilan uzlyuksiz ta’minlash maqsadida yozda eksport cheklovlarini joriy etdi”, deydi vazir.

Shuningdek, u 2019 yil eksportini 2020 yil bilan taqqoslasa, pasayish 48 foizni tashkil etishini ta’kidladi.

“Hozirgi vaqtda Tojikistondan qo‘shni mamlakatlarga elektr uzatish liniyalari minimal oqim o‘tkazmoqda. Bu uzatish liniyalarini bir-biriga bog‘lab turish uchun kerak”, degan Daler Juma.

Barki Tojik vakili matbuot anjumanida “Qirg‘iziston va O‘zbekistonga elektr uzatish liniyalari” ulangan bo‘lsa-da, elektr energiyasi na O‘zbekistonga, na Qirg‘izistonga eksport qilinmaydi deb tushuntirgan.

2020 yilda Tojikistonda jami 19 milliard 770,5 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani ta’kidlandi. Shundan eksport uchun qiymati 56,4 million dollardan ortiq bo‘lgan 1 milliard 528,4 million kVt/s elektr energiyasi sarflangan. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 2019 yilga nisbatan 905,7 million kVt / soatga kam.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston elektr energiyasi

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing