Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiya eksportini to‘xtatdi
Olam
−
04 dekabr 2019 9850 1 daqiqa
Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiya sotishni to‘xtatdi. Bunga sovuq tushishi ortidan ichki bozorda elektrga talab ortgani sabab bo‘ldi. Bu haqda AP xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, rasmiy Dushanbe Tojikistonning ichki ehtiyoji qondirlgani holda O‘zbekistonga aprel-oktyabr oylari oralig‘ida elektr energiya yetkazib beradi.
2019 yil aprel-sentyabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga 1,5 mlrd kVt/ch elektr energiya eksport qilgan. Sentyabrdan boshlab mamlakatda elektr energiyasiga talab ortgani sababli eksport kamaygan.
Noyabr oyining o‘rtasiga kelib Tojikiston O‘zbekistonga elektr yetkazib berishni butunlay to‘xtatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston iste’molchilarning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun Turkmanenergo bilan kelishuv tuzdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025