Tojikiston o‘z armiyasini qo‘shni davlatlarga qarshi ishga solmaydi — Rahmon

Olam

image
0:00
0:00
download
“Tolibon” hech O‘zbekiston yoki Tojikiston chegarasini buzishga uringanmi, aqalli bir o‘q uzganmi? north_east

“Tolibon” hech O‘zbekiston yoki Tojikiston chegarasini buzishga uringanmi, aqalli bir o‘q uzganmi?

Avvalroq, Tojikistonda harbiylar va zaxiradagi askarlar “xavf” signali bilan oyoqqa turg‘izilgani va mashqlarga jalb qilingani haqida xabar bergan edik. Mashqlarda jam 230 ming harbiy qatnashdi. Mashqlar yakunida harbiy parad o‘tkazilib unda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon nutq so‘zladi.

Tojikiston rahbari Afg‘onistondagi notinchliklar haqida gapirib, qo‘shni davlatlardagi tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

“Biz qo‘shnilar bilan tinchlik, barqarorlik, do‘stlik va hamkorlik muhitida yashashimiz uchun qo‘shni mamlakatlarda tinchlik va barqarorlik bo‘lishi tarafdorimiz”, degan Rahmon paraddagi nutqida.

Shu bilan birga, u Tojikiston o‘z Qurolli kuchlarini qo‘shni davlatlarga qarshi ishga solmasligini qat’iy ta’kidlagan.

“Afg‘oniston bizning yaqin qo‘shnimiz, biz bilan umumiy til, din va madaniyatga ega do‘stona mamlakat. Shu munosabat bilan biz uning xalqi taqdiriga befarq emasmiz. Shuning uchun men Afg‘oniston masalasini o‘nlab marta eng nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar minbarlarida ko‘targanman. Men yana bir bor ta’kidlashni istardimki, afg‘on mojarosida harbiy yechim yo‘q, bu mamlakat muammolari faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi kerak”, degan Tojikiston Prezidenti.

Avvalroq joriy yilning avgust va sentyabr oylarida Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar bergandik. Qayd etish kerakki, ushbu harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi Surxondaryo viloyati Termiz shahri poligonlarida bo‘lib o‘tadi.

Tojik-afg‘on chegarasida o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlarga O‘zbekiston ham jangovar samolyot, zirhli texnika va maxsus kuchlarini yuboradi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing