Tojikiston Prezidenti fuqarolarining terroristik guruhlarga qo‘shilib qolishidan xavfda
Olam
−
18 Oktabr 2022
5418Tojikiston mingdan ortiq mamlakat fuqarolari – ayollar, bolalar, talabalarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilinmaslik uchun xorijdan vataniga qaytardi. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni Dushanbeda o‘z ishini boshlagan terrorizmga qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiyani ochib, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon aytib o‘tdi.
“Tojikiston hukumati tomonidan ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida 230 dan ortiq mamlakat fuqarolari, asosan ayollar va bolalar, shuningdek, mingdan ortiq talaba terrorizm va ekstremistik tashkilotlarga jalb qilinmaslik maqsadida qaytarildi”, deydi Pezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda bu odamlar reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish jarayonidan o‘tmoqda, bu vazifalarni amalga oshirishda Tojikistonning rivojlanish bo‘yicha hamkorlari yordam bermoqda.
Dushanbedagi anjuman Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi, Tojikiston hukumati, Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz, YeXHT va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Unda vazirlar, BMTga a’zo davlatlar vakillari, BMTning Global aksilterror strategiyasi bo‘yicha tuzilmalari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, chegara xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda. Konferensiya yakunlari bo‘yicha terrorizmga qarshi kurashish va terrorchilar harakatining oldini olish uchun chegara xavfsizligi va chegara nazorati sohasida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.