Tojikiston Prezidenti Emmanuel Rahmon – G‘alaba paradida boshlovchi “qovun tushirdi” (video)

Olam

0:00
0:00
download

Rossiyaning "Birinchi kanali" boshlovchisi Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni ismini aytayotganda adashib ketdi va uni Emmanuel deb yubordi. Hodisa kecha, 9 may kuni G‘alaba paradi translyatsiyasi paytida yuz berdi. 

"Ekranlaringizda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, uning yonida Tojikiston Prezidenti Emmanuel Rahmon", deb sharhlagan boshlovchi. 

So‘ng u xatosini tezda tushungan va Respublika rahbarining ismini to‘g‘rilagan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 may – Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni munosabati bilan Rossiya poytaxti Moskvadagi Qizil maydonda parad bo‘lib o‘tgandi. Unda Rossiya rahbari Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan birgalikda ishtirok etgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Armanistonning sobiq Bosh vaziri Nikol Pashinyan 14 aprel kuni parlamentda Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroning avj olish tarixi haqida gapirib, Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Fransiya Prezidenti deb yuborgandi. 

O‘tgan yilning sentyabr oyida esa Vladimir Putin Qirg‘izistonning sobiq rahbari Sooronbay Sharipovich Jeenbekovni Shariman deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Rahmon

Baholaganlar

940

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing