Tojikiston poytaxti “svet”siz qoldi

Olam

image

Bugun, 1 mart kuni taxminan soat 11:10da Tojikiston energetika tizimida nosozlik yuz berdi. Bu haqda “ASIA-Plus” xabar berdi.

Birinchi bo‘lib poytaxt Dushanbe aholisi elektr energiyasining uzilishi haqida xabar bergan. Fuqarolar elektr quvvati yo‘qligidan tashqari, issiqlik o‘chirilib, ichimlik suvi ta’minoti uzilib qolayotgani, ayrim uyali aloqa operatorlarida aloqa va internet yo‘qligidan shikoyat qilmoqda.

Poytaxt bilan deyarli bir vaqtda respublikaning bir qator viloyatlarida ham elektr energiyasi uzilgan. Nashrga ko‘ra, So‘g‘d viloyatining Xo‘jand va  boshqa bir necha tumanlarida ham elektr energiyasi yo‘q.

Taxminlarga ko‘ra, mamlakatning aksariyat hududlarida elektr energiyasi yo‘qligi avvalroq kiritilgan energiya chegarasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, yirik shaharlar va viloyat markazlari orasida faqat Boxtar shahridagina elektr energiyasi mavjud. Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati ham elektr energiyasi bilan ta’minlangan, u mahalliy gidroelektr stansiyalardan elektr energiyasini iste’mol qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Tojikiston Dushanbe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing