Endi navbat Tojikistonga: piyoz, kartoshka, sabzi eksporti vaqtincha taqiqlandi

Olam

image

Tojikistonda yangi hosil yig‘ib olinmaguncha piyoz, kartoshka va sabzi eksport qilish taqiqlandi. Bu haqda Respublika Qishloq xo‘jaligi vaziri Qurbon Hakimzoda ma’lum qildi.

“Hukumatning so‘nggi yig‘ilishida bozordagi vaziyat barqarorlashgunga qadar ushbu mahsulotlarni eksport qilishni vaqtincha taqiqlash topshirilgan”, deya ta’kidlagan Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari.

Shuningdek, u mazkur chora ushbu turdagi mahsulotlar narxining oshishi bilan bog‘liqligini qo‘shimcha qilgan.

Unga ko‘ra, hozirda Tojikistonda bu sabzavotlarning yetarli zaxirasi mavjud. Agar ulardan to‘g‘ri foydalanilsa, keyingi hosilga qadar yetadi. Odatda bu mart oyining oxiri va aprel oyining boshlarida to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Tojikistondan 190 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan. Bu 2021 yilga nisbatan 17,6 ming tonnaga kam hisoblanadi. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda qishloq xo‘jaligi eksportining 40 foizdan ortig‘i sabzavot, 30 foizga yaqini meva mahsulotlariga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab to‘rt oy muddatga piyoz eksportiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgan edi. Shuningdek, Qirg‘iziston ham piyoz va sarimsoq eksportini vaqtincha cheklamoqchiligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made