Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida qurol ishlatildi. Qurbon va yaralanganlar bor

Olam

image

Kecha, 13 mart kuni Qirg‘iziston kelishuvga zid ravishda “Ko‘ktosh-Oqsoy-Tamdiq” yo‘lini qurishga kirishishi natijasida Tojikistonning Vorux jamoatida mojaro kelib chiqdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi rasmiy bayonotida aytildi.

Qayd etilishicha, yo‘l qurilishi vaqtida yuzaga kelgan mojaroda Qirg‘iziston tomoni aholiga qarata o‘q uzgan.

“Vorux jamoati aholisi yo‘l qurilishiga qarshi norozilik bildira boshlaganda qirg‘iz tomonidagilar ularga qarata o‘tochar qurollardan o‘q uzgan”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston kuch tuzilmalari “Isfara-Vorux” yo‘lini yopib qo‘ygan va Voruxda yashaydigan ikki yo‘nalishli taksi haydovchisini garovga olgan. Ular haydovchilarni “Oqsoy” chegara otryadida ushlab turishgan.

Qirg‘izistonning Botken tumani Oqsoy jamoati raisi Erkin Jalchiyev boshchiligidagi 50-60 kishi Vorux jamoati aholisiga qarata toshlar ota boshlagan. Natijada 11 kishi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yuborilgan.

Bayonotda garovdagilar taqdiri haqida ma’lumot berilmagan. Biroq Vorux jamoatidagilarning “Asia Plus”ga ma’lum qilishicha, ularni Qirg‘iziston fuqarosi bilan almashtirishgan.

“Ular dastlab ayollar va bolalarni qo‘yib yubordi. Keyin chegarachilarimiz jamoat hududida un sotayotgan Qirg‘iziston fuqarosini garovga olishdi. Aynan u garovdagilarga almashtirildi”, deya xabar bergan mahalliy aholi vakili.

Shuningdek, Vorux jamoatidan bo‘lgan kishi ikki yo‘nalishli taksidagi 30 nafar, to‘rtta yengil avtomobildagi 20 nafar odam garovga olinganini aytgan.

Vorux jamoati ma’muriyatidagilar tojik tomoni hech kimni garovga olmaganini ma’lum qilgan. 

Tojikiston MXDQ o‘z bayonotida 43 yoshli Husayn Hakimov halok bo‘lganini tasdiqladi. Xabarga ko‘ra, u ov miltig‘idan otilgan o‘q tufayli vafot etgan.

“Husayn Hakimov yurak sohasidan olgan jarohati bilan shifoxonada vafot etdi. O‘tochar quroldan militsiya inspektori 46 yoshli Saidsharif Avezzoda va ikki nafar mahalliy aholi vakili yaralandi”, deyiladi xabarda.

Bayonotda qayd etilishicha, Qirg‘iziston fuqarolari Abdumajid Mullajonovning Chorkux jamoatidagi tovarlar ombori va tegirmonini yoqib yuborgan.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi xabarida aytilishcha, hozir chegaradagi vaziyat barqaror va ikki davlat chegarachilari nazorati ostida.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing