Tojikiston bilan chegarada 4000 ga yaqin ISHID jangarilari to‘plangan – KXSHT

Olam

image

ISHIDning afg‘on bo‘limi soni 6,5 ming jangarigacha ko‘paydi, ularning 4 ming nafari Tojikiston bilan chegarada to‘plangan. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Birlashgan shtab boshlig‘i, general-polkovnik Anatoliy Sidorov ma’lum qildi. 

“Ayni paytda ISHIDning afg‘on bo‘limi bo‘lmish “Xuroson viloyati” jangarilari soni sezilarli darajada oshdi va 6,5 mingga yaqin kishini tashkil etadi, ulardan 4 ming nafari Tojikistonning janubiy chegaralarida, Badaxshon, Qunduz va Taxar viloyatlarida to‘plangan”, deydi Sidorov. 

Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikka asosiy tahdid Afg‘onistonda ildiz otgan ko‘plab ekstremistik guruhlardan kelib chiqadi. ISHID va “Al-Qoida” eng katta xavf tug‘diradi. 

“Bundan tashqari, mintaqadagi vaziyatning beqarorlashishiga “Tolibon” rahbariyatining milliy va diniy ozchiliklarni zulm qilish siyosati, birdamlikning yo‘qligi va “Tolibon” ichida qarama-qarshiliklarning kuchayishi, iqtisodiy vaziyatning tanazzulga uchrashi va gumanitar muammolarning keskinlashuvi yordam bermoqda”, deydi u.  

Sidorov, shuningdek, nazoratsiz narkotrafik va qurollarning noqonuniy tarqatilishi yuqoridagi omillar bilan birgalikda Afg‘onistonning fuqarolar urushiga qaytish ehtimolini oshirishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlangan xavfsizlik vakillarining beshinchi ko‘p tomonlama yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Afg‘onistondagi vaziyatdan mintaqaviy bo‘lmagan davlatlar u yerda xalqaro terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida yaratmoqchi bo‘lgan infratuzilmasini kengaytirish yoki qurish uchun foydalanishga urinishlardan xavotir bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qurolli kuchlari Afg‘onistondan qochib ketganidan so‘ng, afsuski, bu davlatdagi vaziyat yaxshilanmayapti. Xalqaro terrorchilik tashkilotlari, jumladan, o‘z salohiyatini oshirayotgan “Al-Qoida” faollashib bormoqda


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston IShID Tojikiston KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing