Amerikaliklar Afg‘onistondan qochgach, “Al-qoida” yana faollashmoqda – Putin
Olam
−
09 fevral 2023
14899Afg‘onistondagi vaziyat AQSH qo‘shinlari u yerdan olib chiqib ketilganidan keyin yaxshilanmayapti. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlangan xavfsizlik vakillarining beshinchi ko‘p tomonlama yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi. Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘inda Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
“Amerika qurolli kuchlari Afg‘onistondan qochib ketganidan so‘ng, afsuski, bu davlatdagi vaziyat yaxshilanmayapti. Xalqaro terrorchilik tashkilotlari, jumladan, o‘z salohiyatini oshirayotgan “Al-Qoida” faollashib bormoqda”, deydi rus yetakchisi.
Putin Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatning og‘irlashayotganiga e’tibor qaratdi. Prezident tomonidan e’lon qilingan Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 4 millionga yaqin odam shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj.
Putin ta’kidlaganidek, Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatdan mintaqaviy bo‘lmagan davlatlar u yerda xalqaro terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida yaratmoqchi bo‘lgan infratuzilmasini kengaytirish yoki qurish uchun foydalanishga urinishlardan xavotirda. Shu bilan birga, u bu davlatlar xalqaro terrorizmga qarshi haqiqiy kurash uchun zarur bo‘lgan hech narsa qilmayapti.
Uning qayd etishicha, dunyoning boshqa mintaqalarida, jumladan, Ukrainada sodir bo‘layotgan mojarolar Afg‘onistondagi vaziyatning ahamiyatini kamaytirmaydi.
“Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda dunyoda juda ko‘p mojarolar potensiali mavjud va biz bu yerda Rossiyadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, shu jumladan Ukraina yo‘nalishida ham ko‘plab mojarolarga egamiz. Biz buni juda yaxshi tushunamiz, bundan xabardormiz, lekin bu Afg‘onistondagi vaziyatning ahamiyatini kamaytirmaydi", deya ta’kidladi u.
Putinning qayd etishicha, bu Rossiya uchun har doim muhim bo‘lgan, hozir esa bu ikki baravar muhim.
“Chunki biz janubiy chegaralarimizda boshqa keskinlik nuqtalarini istamaymiz”, deydi u.
LiveBarchasi