Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash dasturini imzolamoqchi

Olam

image

Tojikiston joriy yilning iyul oyida Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash bo‘yicha Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) dasturini imzolash tashabbusi bilan chiqishni taklif qilmoqda. Bu haqda Respublika TIV rahbari Sirojiddin Muxriddin Olmaotada bo‘lib o‘tgan KXSHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi. 

“Bugun Tashqi ishlar vazirlari kengashining qarori qabul qilinishi bilan KXSHTning tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli davlatlararo dasturini ishlab chiqish bo‘yicha o‘n bir yillik muzokaralar jarayoni yakuniga yetdi. Tojikiston iyul oyida muntazam ravishda KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining (davlat rahbarlari) ushbu masala bo‘yicha qarorini imzolash tashabbusi bilan chiqishni taklif qilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Muxriddin dasturni 2023 yilda imzolash rejalashtirilgani, biroq jarayon 2024 yilga ko‘chirilganini aytgan edi. Mart oyida KXSHT Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov OAVga bergan intervyusida dastur loyihasi KXSHT Doimiy Kengashi tomonidan ma’qullangani va Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlar ko‘lamidan xabardor bo‘lgan tashkilotning ikki a’zosi – Qirg‘iziston va Tojikiston rahbariyatining siyosiy irodasi qayd etilganini aytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing