Tojikiston 100 minglab afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi

Olam

image_2021-07-23_16-04-15
AQSH o‘ziga yordam bergan afg‘onistonliklarni qaysi davlatlarga joylashtirishi ma’lum bo‘ldi north_east

AQSH o‘ziga yordam bergan afg‘onistonliklarni qaysi davlatlarga joylashtirishi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston Afg‘onistondan 100 mingga yaqin qochoqni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari polkovnik Imomali Ibrohimzoda bugun, 23 iyul kuni jurnalistlarga so‘zlab berdi .

Ta’kidlanishicha, Tojikiston qochqinlarni mamlakat Mudofaa vazirligining Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin hududlaridagi harbiy poligonlariga joylashtirishni ko‘zlamoqda. 

«Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda biz respublikaning afg‘on qochqinlarini qabul qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz», deydi polkovnik. Imomali Ibrohimzodaga ko‘ra, agar kerak bo‘lsa, mamlakat Afg‘onistondan yanada ko‘proq qochqinlarni qabul qilishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Tojikistonning Kushoniyon tumani va Xorug‘ shahri hududida ikkita maxsus ombor foydalanishga topshiriladi. U yerda potensial afg‘on qochqinlari uchun chodirlar, ko‘rpa-to‘shaklar, gigiyena vositalari va idish-tovoqlar saqlanadi.

Polkovnikning aytishicha, iyul oyida 1574 nafar afg‘onistonlik qochqin Tojikistonda boshpana topgan. Ularga hukumat davlat hisobidan tibbiy yordam, yashash uchun chodirlar, kuniga uch marta issiq ovqat, ko‘rpa-to‘shaklar va oshxona anjomlari bergan.

“Ushbu afg‘on qochqinlari 11 ta charter reyslari bilan uylariga Qobul va Mozori Sharif shaharlariga qaytarildi”, deydi Ibrohimzoda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyul kuni Tojikistonning Xatlon viloyati rahbari Qurbon Hakimzoda davlat hisobidan mamlakatning Jayxun tumanida afg‘onistonlik qochqinlar uchun vaqtinchalik markaz qurilishini ma’lum qilgandi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida Tojikistonda fuqarolar urushi bo‘lgay yillar (1992-1997) tojikistonliklar Afg‘onistonda jon saqlaganini eslatib o‘tgan.

“Bir narsani unutmaslik kerak, mamlakatimizda fuqarolik urushi bo‘lgan vaqtlarda afg‘onlar bizning fuqarolarimizni qabul qilgan, oylar mobaynida ovqat va joy bilan ta’minlgan. Bugun esa ularning o‘zi musibatda va biz shunchaki insoniylik nuqtayi nazaridan ularga yordam berishimiz shart. Albatta, xavfsizlik va sanitariya normalarini hisobga olgan holda”, deya ta’kidlaydi Hakimzoda.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida «Tolibon» harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, hat kuchlari bir qator qo‘shni davaraklatlar - Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing