Tojikiston ham turkiyaliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Olam

image

Joriy yilning 5 aprel kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tojikistonliklarning vizasiz rejimi bo‘yicha yangi farmonni e’lon qilgani ortidan Tojikiston bugun Turkiya fuqarolari uchun ham vizasiz rejimni bekor qildi. Bu haqda "Xovar" agentligi ma’lum qildi. 

"Tojikiston Respublikasi Hukumatining 2024 yil 28 martdagi qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20 aprelidan e’tiboran Turkiyaning xorijiy umumiy fuqarolik pasporti egalariga viza tizimi qo‘llaniladi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Turkiya fuqarolari Tojikiston Respublikasi vizalarini olish uchun mamlakatning xorijdagi elchixonasi va  konsulliklariga murojaat qilishi mumkinligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston turkiyaliklar uchun viza tartibini joriy qilmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

viza Turkiya Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing