Tojik-qirg‘iz mojarosi: Japarov hukumat a’zolari bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 29 aprel kuni Qirg‘iziston hukumati a’zolari bilan Botken viloyatidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatning davlat organlari kuch tuzilmalari rahbarlarining ma’lumotlari tinglangan.

Tezkor yig‘ilish natijalari bo‘yicha Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artem Novikov boshchiligida mavjud vaziyatni tartibga solish va o‘rganish uchun ishchi guruh tuzishga qaror qilingan.

Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik kanallar orqali vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish vazifasi topshirilgan.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro

Joriy yilning 17 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi. Bunga Qirg‘iziston tomoni Tojikiston bilan kelishmasdan ikki davlat uchun umumiy bo‘lgan asosiy suv taqsimlash inshooti oldida ko‘prik qurish harkatini boshlagani sabab bo‘ldi.

Joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Tojikiston bilan chegara hududida qirg‘iz va tojik fuqarolari o‘rtasida yana ziddiyat kelib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, mojaro tojik tomonining Oqsoy ovuli Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi ustunlarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga qaror qilganidan keyin boshlangan. 

Keyinchalik, Qirg‘iziston Tojikistonni chegaradagi vaziyatni keskinlashtirayotganlikda aybladi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Husaynzoda qirg‘izistonlik diplomatga Qirg‘iziston Chegara xizmati vakillarining mamlakatning voyaga etmagan ikki fuqarosiga nisbatan qo‘llagan noqonuniy xatti-harakatlari munosabati bilan nota topshirdi.

29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida, Botken viloyati Ko‘k-tosh qishlog‘idagi “Golovnoy” suv taqsimlash punkti atrofida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:00 da otishma boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

450

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made