Tojik-qirg‘iz chegarasidagi mojaro: 11 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi mojaro tufayli Botken viloyatining chegara hududlaridan 11 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, hozirda ulardan 10,4 ming nafari xavfsiz hududlarda, 642 nafari vaqtinchalik joylarda joylashgan. 

“Ayni damda barcha evakuatsiya qilinganlar shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, ular barcha zarur narsalar bilan ta’minlangan”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida. 

Shuningdek, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatni nazoratda ushlab turishini va mojaro tinch yo‘l bilan hal etilishiga umid bildirishini aytgan. 

“Hurmatli qirg‘izistonliklar! Chegaradagi vaziyat to‘liq nazoratim ostida. Xudo xohlasa, hammasini muzokaralar yo‘li bilan, tinch yo‘l bilan hal qilamiz. Xavotir olmanglar”, deb yozgan u Facebook’dagi sahifasida.

Avvalroq, qirg‘iz-tojik chegarasida harbiylar o‘rtasida otishma bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Keyinchalik, tojik-qirg‘iz chegarasi hududida otishma Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari va Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng to‘xtatilgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing