Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi
Olam
−
23 dekabr 2021 5552 1 daqiqa
Kecha, 22 dekabr kuni kechasi Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda chegaraga yaqin qishloqda mahalliy aholining uyi zarar ko‘rgan. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tojikistonning Isfara tumanida yashovchi fuqaroning uyi Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan o‘qqa tutilgan.

Ma’lum qilinishicha, uyga o‘q uzilishi oqibatida oynalar singan va bitta o‘q yotoqxonadagi devorga borib tekkan. Uyning tashqi devorlarida ham o‘q izlari qolgan va eng asosiysi ushbu uyga birinchi marotaba bo‘layotgan hujum emas.

Joriy yilning aprel oyidagi tojik-qirg‘iz mojarolari vaqtida ham ushbu uy butunlay vayron bo‘lgan. Shundan so‘ng, ijro hokimiyati xodimlari ko‘magida qayta tiklangan.
Aytish joizki, ushbu uy o‘qqa tutilishida avvalroq Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tojik chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosining yuk mashinasiga qarata o‘q uzgan. Shundan so‘ng, har ikki davlatning hokimiyat, chegara xizmatlari va huquq-tartibot idoralari vakillari voqea joyiga yetib kelishgan.
Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hududiga aylanib bormoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28