“Tottenxem”da texnik mag‘lubiyat: jamoa YeKLni erta tark etdi

Sport

image

UEFA Konferensiya ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan “Tottenxem” – “Renn” uchrashuvi bo‘yicha qaror qabul qildi.

Avvalroq, London klubi futbolchilarida koronavirus aniqlangani sababli o‘yin bekor qilingan edi. O‘yin “shporlar”ning aybi bilan bo‘lib o‘tmagan, deb qaror qilindi, shu sababli “Tottenxem”ga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozildi.

Shu tariqa, “Renn” 14 ochko bilan Konferensiya ligasi “G” guruhida birinchi, “Vites” 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. “Tottenxem” hisobida esa 7 ochko bor va London klubi guruhda uchinchi o‘rinni egallab, kutilmaganda turnirni tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoaning olti nafar futbolchisi, shuningdek, murabbiylar shtabining ikki nafar a’zosining topshirgan PZR testi musbat natija bergani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, jamoaning bir nechta o‘yinlari bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem London Renn UEFA konferentsiyalar ligasi

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing