Mudhish YTHda haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida haydovchi masofani saqlamasligi ortidan yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqardi va o‘zi hamda yo‘lovchisining hayotiga zomin bo‘ldi.

Kecha, 7 aprel kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan O.X. Nexia rusumli avtomobilini Turkiston mahallasi hududida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, fuqaro Z.B. boshqaruvidagi “KrAZ-355” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga borib urilgan.

Natijada Nexia yo‘lovchisi N.Z. jarohat olib voqea joyida, haydovchisi O.X. shifoxonada vafot etgan. Nexia avtomashinasida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi M.S. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing