Toshkentning Yangi hayot kichik tumani tarkibiga qaysi mahallalar kiradi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumaniga tashrifi davomida Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida Yangi hayot kichik tumanini tashkil etilishi mumkinligi haqida gapirib o‘tgan edi.

Toshkentning Sergeli tumani hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismi yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqdagi hokim qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘liq holda yangi tuman hududiga o‘tayotgan mahallalarga Al-Farg‘oniy nomidagi, “Viqor”, “Chorbog‘”, “Yorqin hayot”, “Yo‘ldosh”, “Charog‘on”, “Do‘stlik”, “Navqiron”, “Olchazor”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi Choshtepa” va “Xumo” kiradi.

Shuningdek, hududining bir qismi yangi tumanga qo‘shilayotgan mahallalar — “Daryo bo‘yi”, “Qipchoq”, “Sofdil”, “Past darxon”, “Jo‘nariq”, “Choshtepa”.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangi hayot

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing