Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
12 iyun 2021
13417"Toshkent metropoliteni" unitar korxonasiga yangi rahbar tayinlandi. Bugungacha Transport vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov Toshkent metropoliteniga rahbar bo‘ldi.
Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yagona aksiyadori qarori bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Toshkent metropoliteni” UK boshlig‘i etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Rahmonbek Usmonov joriy yilning yanvar oyida Transport vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Rahmonbek Usmonov 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2011-2018 yillar davomida Toshkent shahar hokimi bo‘lgan. 2018 yil 3 oktyabrdan 2021 yil yanvargacha poytaxtning Yunusobod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15