Toshkentning qator ko‘chalarida harakat 13 kunga cheklandi
Jamiyat
−
29 iyul 2019
4201Poytaxt Toshkent shahrining qator ko‘chalarida bugun, 29 iyuldan 10 avgustgacha soat 05:00 dan 20:00 gacha transport vositalarining harakati cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
“Oliy ta’lim muassasalarida kirish test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan, 2019 yil 29 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar soat 05:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, poytaxtning Yunusobod tumanida quyidagi ko‘chalar transport vositalarining harakati uchun vaqtincha berkitiladi: Ko‘rgazma, Korxojiota, Iftixor, Niyozbek yo‘li”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bu yil OTMlarga kirish uchun 1 mlndan ortiq abituriyent hujjat topshirgan.