Toshkentning qator hududlarida issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 noyabr kuni Toshkentning aholi zich yashovchi bir qancha ko‘chlarida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasidan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelgan. Shu sababli quyidagi manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berishi to‘xtatildi. 

— Sebzor ko‘chasi;
— G‘afur G‘ulom ko‘chasi;
— O.Bobojonov ko‘chasi;
— Qora Qamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/5, 2/1mavzelari;
— Muxbir ko‘chasi;
— Niyozov ko‘chasi;
— A.Hidoyatov ko‘chasi;
— S-12, S-15, S-16, S-17 mavzelari.

“Ayni paytda issiqlik tarmog‘idagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing