Toshkentning ikki tumanida transformator yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining ikki tumanida “elektroshit” yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat bo‘yicha poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Kecha, 17 yanvar kuni soat 17:43 da Sergeli tumanida transformator yonayotgani bo‘yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in joyiga birlamchi yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 17:51 da yetib borgan va soat 17:58 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida transformatorning ichki qismi yonib zararlangan.

Shuningdek, kecha, 17 yanvar kuni Shayxontohur tumani, “Jarariq” mavzesida ham transformator yonib ketgan. Chaqiruvga ko‘ra, birlamchi yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 18:55 da yong‘in bo‘layotgan joyga olib borilgan. 

Hudud elektr tarmoqlari xodimlari transformatorni elektr tizimidan uzganidan so‘ng soat 19:33 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida transformator yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yong'in trasformator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing