Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun issiq suv bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning hududlari 14-18 sentyabr kunlari issiq suv ta’minotidan uziladi. Bu haqda Toshkent hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Issiq suv Issiqik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib borilishi munosabati bilan o‘chiriladi.

“Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14 sentyabrdan boshlab poytaxtimizdagi Issiqik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan hududlardagi issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar kuzatiladi”, deyilgan hokimlik xabarida.

Xususan, 14-18 sentyabr kunlari 7 va 8-Issiqlik markazlarining ta’minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.

7-Issiqlik markazining ta’minot hududidagi:

•    Qorasuv ko‘chasida;
•    Beshariq ko‘chasida;
•    Birlashgan ko‘chasida;
•    Birlashgan 2-tor ko‘chasida;
•    Elbek ko‘chasida;
•    Asalobod ko‘chasida;
•    Quruvchilar ko‘chasida;
•    Uysozlar ko‘chasida;
•    Parkent ko‘chasida;
•    Cho‘lpon ko‘chasida; 
•    Alimkent ko‘chasida;
•    Ohangaron shossesi
•    Tuzel-1,2,3,4 dahalarida;
•    Uysozlar-1 dahasida
•    Asalobod-1,2 dahasida;
•    Aviasozlar -1,1a,2,3,4 dahalarida

8-Issiqlik markazining ta’minot hududidagi:

•    Yangi Sergeli yo‘li ko‘chasida;
•    Mehrigiyo ko‘chasida;
•    So‘g‘diyona ko‘chasida;
•    Qipchoq ko‘chasida;
•    Chinor ko‘chasida;
•    Davlatobod ko‘chasida;
•    Do‘stlik ko‘chasida;
•    Mirzo Tursunzoda ko‘chasida;
•    Jahonaro ko‘chasida;
•    Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida;
•    Sergeli 1-8A dahalarida;
•    Yo‘ldosh-1-18 dahalarida;
•    M-1,2,3 dahalarida;
•    Do‘stlik-1,2 dahalarida

Avvalroq, 14 sentyabrdan Toshkentda sovuq suvni rejali o‘chirish ishlari ham boshlanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiq suv

Baholaganlar

132

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing