Toshkentning ayrim hududlari issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi 

Jamiyat

image

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida 10 iyuldan 11 avgustgacha issiq suv ta’minoti bosqichma-bosqich to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yozda issiqlik energiyasini asosiy yetkazib beruvchi "Toshkent issiqlik markazi" MCHJ tomonidan 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan 1-8-IM issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 

O‘chirish jadvali va manzillari quyida keltirilgan.

TS-1 “Shimoliy-Sharqiy” 31 iyuldan 5 avgustgacha

Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘cha, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek Yo‘li, Kichik xalqa yo‘li, Katta xalqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tori ko‘chasi,  Ozodlik, Yalang‘och, Toshselmash, Mavlono Riyozi, Bo‘z-1 massivlari, ToshGRES qishlog‘i, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti zonasi.

TS-3 “G‘arbiy” 17 iyuldan 22 iyulgacha

Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik xalqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Xuvaydo, Gulobod ko‘chaslari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M - 10, 11, 13, 14, 26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 massivlar, Talabalar shaharchasi, ToshDTU zonasi.

TS-4 “Shimoliy” 24 iyuldan 29 iyulgacha

Amir Temur xiyobonlari, Mustaqillik, Axmad Donish, Sharof Rashidova, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta xalqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rihsili, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik xalqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodazor, Qo‘rg‘azma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivl, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish ko‘chalari, 1-Qoraqamish ko‘chasi, Talabalar, Universitet, Beltepa, Farobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, 2-Shifokorlar ko‘chasi, Qamarniso, Beltepa, Ibn Sino - 1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on - 1, 2, 3, 4, Olimpiya dahalari, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, NUUz zonalari, ToshDTU, Yunusobod dahasi, 1/19, M-1,2,4,5,6,12,15, M-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/ 1, 2/3, 2/4, 2/5-mavzelari, Hamid Olimjon maydoni.

TS-5 “Chilonzor” 10 iyuldan 15 iyulgacha

Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalqa yo‘li, Nakkashlik, Do‘mbrobod, Do‘mbrobod 4-tor ko‘chasi,  Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol ko‘chasi, 2-Qatortol ko‘chasi, Katta Xirmontepa ko‘chasi, Taqachi, Katta xalqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalari, Chilonzor massivi 5/26, 30, 31, G9A, 20A, Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al Xorazmiy-1 , 2 mavzelari, Beshqayrag‘och, Izza, O‘rikzor bozori hududi.

TS-6 “Janubiy Sharqiy” 31 iyuldan 5 avgustgacha

Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayxun, Surxon, Qo‘yliq-1/7 massivlari, Qo‘yliq-Aylanma (Obvodnaya) massivlari.

TS-7 “Aviaquruvchilar” 7 avgustdan 11 avgustgacha

Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent, Oxangaron shossesi, Tuzel - 1, 2, 3, 4, Uysozlar - 1, Asalobod - 1, 2, Aviasozlar shaharchasi - 1, 1a, 2, 3, 4 massivlari.

TS-8 “Sergeli” 17 iyuldan 22 iyulgacha

Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1/8A, Yo‘ldosh - 1/18, M-1, 2, 3, Do‘stlik - 1, 2 massivlari.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiq suv suv ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing