Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Yong‘in Toshkent shahar “Suvsoz” DUK korxonasiga qarashli “Qodiriya” Bosh suv inshoatining ish rejimiga ta’sir etgandi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, yuzaga kelgan nosozlik viloyat elektr tarmoqlari korxonasining xodimlari tomonidan 22 fevral kuni soat 23:00 da bartaraf etilgan.

Hozirda Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining suv bosimida pasayishlar hamda ayrim tumanlarda uzilishlar qayta tiklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in suv

Baholaganlar

6

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing