Toshkentning Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar o‘tish yo‘li endi yanada xavfsizmish
Jamiyat
−
14 fevral 2019
11993Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtning Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagi endi yanada xavfsiz bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Qayd etilishicha, Amir Temur ko‘chasining Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyi yangi ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Ushbu piyodalar o‘tish joyiga yangi konstruksiya o‘rnatilgan.
“Unga miltillovchi sariq ishorali svetofor, tunda aniq ko‘rinishi uchun yorug‘lik diodli yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shuningdek, piyodalar o‘tish joyining yoritilishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha chiroqlar joylashtirildi.
Ma’lumot uchun, bunday konstruksiya respublikamizda hususan, Toshkent shahrida ilk bor tatbiq etilmoqda. Mazkur qulaylik hududda harakat xavfsizligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Bu konstruksiya Toshkentda endi qo‘llanilayotgandir, ammo xorij amaliyotida allaqachon bunday arzon va natijasiz konstruksiyalardan qutulish ishlari boshlangan. Boisi bu konstruksiyalar odamlar hayotini saqlashda u qadar katta xizmat ko‘rsatayotgani yo‘q, ayniqsa, xavfli yo‘llarda.
Toshkentning Amir Temur ko‘chasi – Oloy bozoridan to Yunusobod tumani hokimiyati joylashgan hududgacha poytaxtdagi eng xavfli va ko‘plab yo‘l-transport hodisalari qayd etiladigan yo‘llardan biri sanaladi. QALAMPIR.UZ mazkur yo‘l shaharning eng serqatnov va tezlik bilan harakatlanadigan qismi, katta avtomobil yo‘llaridan biri ekanini inobatga olib ikki yildan buyon rasmiylarga bu hududlarda yer usti piyodalar o‘tish yo‘lini qurish yoki jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan 3D piyodalar o‘tish yo‘laklarini joriy etish taklifini bildirib keladi.
LiveBarchasi