Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat
−
20 iyun 2022
6057Toshkent shahrining ayrim tumanlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bunga “ToshIEM”ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.
“Bir necha tumanlarning ayrim hududlarida 2022 yil 20 iyun soat 18:00 dan 21 iyun soat 06:00 ga qadar issiq suv ta’minoti vaqtincha qisman to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.
Xususan:
• Mirobod;
• Yakkasaroy;
• Yashnobod;
• Mirzo Ulug‘bek;
• Yunusobod;
• Shayxontohur;
• Chilonzor;
• Sergeli.
Xabarga ko‘ra, yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanadi.
“Toshissiqquvvati” DUK noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.