Toshkentning 3 tumanida gaz o‘chirilishi aytildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 mart kuni poytaxt Toshkentning Yunusobod va Olmazor tumanlarida hamda ertaga, 28 mart kuni Sergelining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Yunusobod tumanining Hasanboy hududi KXAY, Islomobod, Ahrorobod ko‘chalaridagi hamda Qoloqtepa mozori yonidagi jami 5 ta manzilning chegara hududlariga o‘rnatilgan gaz hisoblagichlarni davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish ishlari rejalashtirilgan. 

Shu sababli quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida:

“Hasanboy”;

“Islomobod”;

“Sharq haqiqati”;

“Katta Hasanboy” mahallalaridagi jami 4 600 ta uy xo‘jaliklarida;

105 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, bugun, 27 mart kuni ta’mirlash ishlari sababli Olmazor tumanining “Qizg‘aldoq” mahallasida joylashgan, ko‘p qavatli uylar yonidan o‘tgan yer usti o‘rta bosimli gaz quvurlariga gaz hisoblagich (uzel) o‘rnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun 11:00 dan 17:30 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida:

“Qizg‘aldoq” mahallasining 2-9 mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 195 ta aholi xonadonlarida;

Namunali ko‘p qavatli uylardagi 8 ta, 3-qavatli uylardagi jami 600 ta aholi xonadonlarida;

9 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, ta’mirlash ishlari sababli ertaga, 28 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Sergeli tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Aytilishicha, tumanning “Xonabod” mahallasi, Quruvchilar mavzesida joylashgan mahalliy MCHJ ob’ektida yuqori bosimli gaz quvurini ayni harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli:

Quruvchilar mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 1 456 ta aholi xonadonlarida va 12 ta uy xo‘jaliklarida;

12 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Yunusobod Sergeli Olmazor Hududgaz Poytaxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing