Toshkentlik o‘quvchi birdan 13 ta xalqaro universitet talabasi bo‘ldi
Jamiyat
−
14 aprel 2021 14945 1 daqiqa
Toshkentlik o‘quvchi muddatidan avval bir yo‘la 13 ta xalqaro universitet talabasi bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahar Uchtepa tumani 81-sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-a sinf o‘quvchisi Jahongir Sherzodov muddatidan oldin 13 ta xalqaro universitet talabasi bo‘ldi.

Jumladan Amerikadagi Harford universiteti, Florida Xalqaro universiteti va G‘arbiy Vashington universitetlariga axborot texnologiyalari yo‘nalishida grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

