Toshkentlik ikki yigit 2000 dollarga to‘pponcha sotayotganda ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qurol savdosi bilan bog‘liq jinoyatning oldi olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Yashnobod tumanida 1998 yilda tug‘ilgan Rustam ismli fuqaro o‘zida mavjud bo‘lgan o‘qotar qurolni 2 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan.

U qurolni 1998 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Ulug‘bek ismli o‘rtog‘i bilan topib olganini, keyinchalik sotish uchun uni o‘rtog‘ining xonadonida yashirincha saqlab kelishganini aytgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, Ulug‘bek ismli fuqaroning uyidan “APS” o‘qotar quroli (pistolet) olingan va xolislar guvohligida rasmiylashtirilgan. IIBB Ekspert-kriminalistika markazining xulosasida qurol otishga yaroqli deb topilgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing