Toshkentda burgut “shinavandalari” jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” aksiyadorlik jamiyati hududida 1 ta cho‘l burgutini tutqunlikda saqlanayotganlar jarimaga tortildi. Bu haqda shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yakkasaroy bo‘limiga “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” AJ hududida 1 ta cho‘l burguti tutqunlikda saqlanayotgani haqida murojaat kelib tushgan. 

Boshqarma mas’ullari va Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari bu bo‘yicha o‘rganish olib borganida, murojaatda keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topgan. 

Burgutni noqonuniy saqlaganlarga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasiga (hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzish) muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida ya’ni 4 million 950 ming so‘m jarima qo‘llanilgan. 

“Ushbu holat Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari ko‘magida bartaraf etilib, burgut hayvonot bog‘iga olib ketildi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlardan birida sher bolasi boqilayotgani aniqlangandi. Shuningdek, Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ida saqlanayotgan zebra nobud bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jarima Ekologiya tutqunlik burgut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing