Toshkentlik aholi orasida 5 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekiston
−
27 May 2020 17573 1 daqiqa
27 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 kishiga ortib, 3355 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Toshkent shahrida, yana 4 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Karantin markazida, qolgan 11 nafari ham karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Jami kasallanganlarning 16 nafari xorijdan kirib kelgan fuqarolarda, qolgan 6 nafari esa mamlakatda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2659 (+23) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr
16 Noyabr
Iordaniyada Telegram bloklandi
16 Noyabr