Toshkentlik 45 yashar erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistondv koronavirus bilan bog‘liq 33-o‘lim holati qayd etildi. Navbatdagi bemor toshkentlik bo‘lgani aytiladi. 

Poytaxtlik 45 yoshli bemorda bir necha kun davomida koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilib, tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik kuzatilgan.

Ammo shunday  bo‘lishiga qaramasdan u shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilmay, uy sharoitida davolanib yurgan.

Natijada shu yilning  30 iyun kuni  Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘ta og‘ir holatda, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan  olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga (erkak kishi) yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak va nafas  yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar  va yetakchi mutaxassislar tomonidan kerakli maslahat va  telemeditsina orqali bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

457

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing